Sport | 10:24 / 26.04.2017
11515
2 daqiqa o‘qiladi

Boliviyalik darvozabon raqib jamoadagi hamkasbini hujumga chiqqani uchun jazoladi

«Bolivara» jamoasi darvozaboni Matias Dituro «San-Xose»ga qarshi o‘yinda o‘z jarima maydonchasidan turib raqib darvozasini ishg‘ol qildi. U raqib jamoa darvozaboni Karlos Emanuel Franko hujumga qo‘shilib ketganidan foydalangan.

Karlos Emanuel Franko o‘yinning 94-daqiqasida jarima zarbasi berilgan vaqtda jamoadoshlariga yordam berish uchun hujumga o‘tgandi. Uning jamoasi bu vaqtda 1:2 hisobida yutqazayotgandi. Ammo to‘p to‘g‘ri Matias Dituroning qo‘liga tushdi va u darhol to‘pni «San Xose»ning bo‘sh qoldirilgan darvozasi tomon yo‘naltirdi.

Uchrashuv Boliviya chempionatining 12-turi doirasida kechgan va ayni vaqtda turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan «Bolivara»ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. San-Xose jamoasi esa bu mag‘lubiyatdan keyin turnir jadvalida yettinchi o‘rinda qolgan.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid