Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farzand tarbiyasiga mas'uliyatsiz ota-onalarga jarima solindi
Yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida Toshkent shahridagi ta'lim muassasalaridagi “davomat”lar, o‘quvchi va talabalar tomonidan dars jarayonlarini o‘zlashtirib borish holatlari yuzasidan 12ta maktabda, 13ta kollej va litseyda “Davomat” tadbirlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida 14 nafar maktab, 9 nafar kollej, 5 nafar litsey o‘quvchilari turli sabablarga ko‘ra dars mashg‘ulotlarida qatnashmayotganligi aniqlangan. Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida shu haqda ma'lum qilindi.
Shu bilan birga, 17ta internet-kafelarda o‘tkazilgan reydlar davomida, 14 nafar o‘quvchilar dars vaqtlarida, 3 nafar voyaga yetmaganlar tungi soat 22:00dan so‘ng internet-klublariga tashrif buyurganlari aniqlandi.
Qonun buzgan hamda farzand tarbiyasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashib kelgan 2ta internet-kafe ma'muriyati va 6 nafar ota-onalarga nisbatan ma'muriy ta'sir choralari ko‘rildi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026