Jamiyat | 15:36 / 27.04.2017
8044
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Kongoga harbiy yordamni ko‘paytiradi

Foto: twitter.com/@GazetaRu

Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lum qildiki, Rossiya va Kongo Respublikasi Qurolli kuchlari o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar istiqbolda yanada rivojlantiriladi. Bu haqda Mudofaa vaziri rahbari o‘rinbosari general-leytenant Aleksandr Fominga asoslangan holda TASS agentligi xabar tarqatdi.

«Ishonamanki, bugungi uchrashuvimiz Rossiya va Kongo Respublikasi o‘rtasidagi harbiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi», — degan u Kongo Mudofaa vaziri Sharl-Rishar Mondjo bilan uchrashuvda.

U ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik tarixiy ildizga ega ekani, o‘zaro munosabatlar iqtisodiy, madaniy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlik asosiga qurilganini ta'kidlab o‘tgan.

«Juda ham umid qilamanki, bizning bugungi uchrashuvimiz Rossiya-Kongo munosabatlari rivojiga ulkan hissa qo‘shadi», — degan vazir o‘rinbosari.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid