O‘zbekiston | 19:44 / 28.04.2017
38942
1 daqiqa o‘qiladi

Guliston tumani hokimi ishdan olindi

Foto: Sirdaryo.uz

Xalq deputatlari Guliston tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirok etgan bu sessiyada Abdumannon Husanboyev tuman hokimi vazifasidan ozod etilgan.

Deputatlar tuman hokimi vazifasini bajarishni viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Abdumavlon Ibodullayev zimmasiga yuklagan.

Mavzuga oid