Jahon | 13:20 / 29.04.2017
3826
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmada ichida 40 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus daraga quladi

Myanma sharqida avtobusning daraga qulashi oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi, 20 nafardan ortiq inson jarohat oldi. Bu haqda Frans Press agentligi politsiyaga asosan xabar berdi.

Myavadi shahridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda juma kuni sodir bo‘lgan hodisa paytida avtobus ichida 40 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, deya ta'kidlaydi agentlik.

"O‘n to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana 21 inson jarohat oldi...", - deya xabar bergan YTH yuz bergan Karen shtati politsiya boshlig‘i Kiy Lin.

Politsiyaning fikricha, haydovchi tormozlardagi nosozlik tufayli boshqaruvni yo‘qotgan. Jabrlanganlar yaqin oradagi kasalxonalarga olib ketildi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid