Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrifi davomida Janubiy Qozog‘iston viloyatida Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi prezidenti rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston rahbarining Qozog‘istonga mart oyidagi tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Qozog‘iston Prezidentining ta'kidlashicha, avvalgi uchrashuvdan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasida tadbirkorlik sohasida faollik kuzatilmoqda.
- Joriy yilning birinchi choragida iqtisodiyotning turli sohalarida o‘zaro munosabatlar darajasi oshgani kuzatilmoqda. Transport-logistika sohasi, avtosanoat, shuningdek keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni alohida ta'kidlab o‘tish joiz. 2017 yilning ilk uch oyi davomida tovar ayirboshlash hajmi 37 foizga oshdi, - dedi Nursulton Nazarboyev.
O‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama uchrashuvlarning ko‘payishi davlatlararo munosabatlar samarasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir etishiga e'tibor qaratdi.
- Mening mart oyidagi tashrifimdan so‘ng biz qo‘shma faoliyatning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha Yo‘l xaritasini qabul qildik. Vazirlar, hokimlar darajasidagi uchrashuvlar ko‘paydi, - deya ta'kidlab o‘tgan O‘zbekiston rahbari.
O‘zbekiston Prezidenti Nursulton Nazarboyevga Rossiya Federatsiyasidan neft tashish masalasida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirgan.
Yakunda ikki davlat rahbarlari Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligining ijobiy dinamikasi saqlanishi va yanada rivojlanishiga ishonch bildirishdi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024