Jahon | 08:31 / 29.04.2017
4186
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShning bir necha kunlik byudjyetini imzoladi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp 2017 yilgi federal byudjyet mavjud bo‘lmagan taqdirda Amerika hukumati faoliyatini moliyalashtirishni davom ettirishga ruxsat beruvchi rezolyutsiyani imzoladi. 28 aprel kuni kechga yaqin imzolangan hujjat haqida Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur hujjat shu kuni dastavval AQSh Senati va Vakillari palatasi tomonidan ma'qullangan edi. Hujjatni qabul qilish zarurati shu bilan izohlanadiki, joriy yilning federal byudjyeti hamon qabul qilingani yo‘q. Uning muhokamasi 2016 yil oktabr oyidayoq boshlangan edi. Rezolyutsiya federal darajadagi davlat idoralarini 5 mayga qadar moliyalashtirish imkonini beradi. 

Xabarlarga ko‘ra, Kongress kelasi haftadayoq 30 sentabrda poyoniga yetadigan federal byudjyetni tasdiqlashi kutilayapti. Uning hajmi qariyb 1 trln dollarni tashkil etadi. 

Umuman AQShning 1977-2013 yillardagi tarixida federal hukumatni moliyalash Oq uy ma'muriyati va Kongress o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab 17 marta to‘xtab qolgan. Ijroiya hokimiyat o‘shanda turli vaqt mobaynida "pulsiz" qolib ketgan. Ularning eng qisqasi 3 kunni tashkil etadi. Eng uzoq davom etgani 1995 yil 15 dekabrdan 1996 yil 6 yanvargacha bo‘lgan muddatda 21 kun davom etgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid