Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: AQSh qo‘shinlari Turkiya-Suriya chegarasini nazorat qilishni boshladi
AQSh qo‘shinlari turk harbiylari va kurd jangchilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish maqsadida Turkiya-Suriya chegarasini nazorat qilishni boshladi. Bu haqda AQShning rasmiy shaxslariga iqtibos keltirgan holda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
"AQSh kuchlari Suriya shimolini bu hududda barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash va IShIDga qarshi kurashda xalaqit qilishi mumkin bo‘lgan voqealarning oldini olish maqsadida nazorat qilmoqda", deb aytdi AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya shtabi vakili Jon Dorrian.
Dorrianning aytishicha, IShID hali ham nafaqat Yaqin Sharq, balki butun dunyoga jiddiy xavf solmoqda.
Avvalroq Turkiya harbiy-havo kuchlari Iroq shimolidagi Kurdiston ishchi partiyasi pozitsiyalariga aviazarbalar bergani ma'lum qilingandi.
25 aprelda Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi Suriya shimoli-sharqida va Iroq shimolida kurd pozitsiyalariga berilgan aviazarbalar oqibatida Kurdiston ishchi partiyasining 70 ga yaqin a'zosi halok bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026