Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzaniyada qalbaki diplomlarga ega 10 mingga yaqin amaldor lavozimidan bo‘shatildi
Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli mutaxassisligi haqidagi diplom va guvohnomalar qalbaki bo‘lgan 10 mingga yaqin amaldorni o‘z lavozimidan bo‘shatdi. Bu haqda rfi Afrique radiostansiyasi xabar bermoqda.
Radiostansiyasining ma'lum qilishicha, Magufuli 2015 yilda boshlangan hukumat tergovining yakuniy hisobotini olgandan keyin 9 ming 932 amaldorning zudlik bilan iste'foga chiqishini talab qildi. Prezident bo‘shatilgan amaldorlarning o‘rnini qisqa muddatlarda malakali xizmatchilar egallashini aytdi va OAVga davlat xizmatidan chetlatilgan barcha shaxslarning ro‘yxatini tarqatish iltimosi bilan murojaat qildi.
Ma'lum qilinishicha, Magufuli 2015 yilda prezident bo‘lgandan keyin korrupsiya va firibgarlikka qarshi qaratilgan "shok terapiyasi" siyosatini yurgazishni boshlagan. Uning bu yo‘nalishda qo‘llagan keskin choralari "tingatinga", ya'ni mahalliy suaxili tilidan tarjima qilinganda "buldozer" deb atala boshlangan.
Dar us-Salomning siyosiy fanlar universiteti muallimi Benson Baraning aytishicha, prezidentning bu qarori juda zarur edi.
"O‘ylaymanki, prezidentning 10 mingga yaqin amaldorni bo‘shatish qarori davlatning manfaatlari yo‘lida qabul qilingan. Davlat xizmati sohasini tartibga solish kerak edi va prezident aynan shuni amalga oshirdi", deb aytdi Bara.
Uning aytishicha, Tanzaniya kundalik muammolarga jiddiy qaraydigan va mamlakat haqida qayg‘uradigan kuchli prezidentga muhtoj edi. "Bizga mummolarni jiddiy qabul qiladigan prezident kerak edi", deb aytdi Bara.
Mavzuga oid
18:45 / 24.03.2026
Hozirgi kunda Eronni kimlar boshqarmoqda?
18:59 / 02.11.2025
Tanzaniyada saylovdan keyingi tartibsizliklar: yuzlab odamlar halok bo‘lgani aytilmoqda
21:29 / 23.03.2025
Tanzaniyada ulkan daraxtlarning yangi turi aniqlandi
16:53 / 08.03.2025