Uruş boşlanganidan buyon AQŞ-Isroil zarbalari oqibatida Eron oliy rahnamosi, köplab yuqori martabali amaldorlari hamda harbiy qömondonlar halok böldi. Ammo Eron boşqaruv tizimi hamon uruşda strategiya tuziş va faoliyat yuritiş qobiliyatini saqlab qolganini körsatmoqda.
1979 yilgi inqilobdan keyin «tuğilgan» Eron Islom Respublikasi oz sonli şaxslarga tayanmaydi. Balki teokratik tizimga sadoqatli, köp qatlamli institutlariga ega kuç tuzilmasi asosida barpo etilgan.
Reuters agentligi Eronning kuçsizlangan, ammo çidamli iyerarxiyasida hozirda kimlar hokimiyat va ta’sirga ega ekanligi haqida ma’lumotlarni töpladi.
Oliy rahnamo haqiqatan ham boşqaruvçimi?
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xominaiy uruşning ilk zarbalaridan birida halok böldi. 1989 yildan beri lavozimda bölgan Xominaiy butun tizim böylab sözsiz itoatkorlik va barça asosiy masalalarda sönggi söz huquqiga ega edi.
Eronning rasmiy mafkurasiga köra, Oliy rahnamo – IX asrda ğoyib bölgan şialarning 12-imomi nomidan dunyoviy hokimiyatni amalga oşiruvçi bilimli ulamodir. Rahnamoning «bayt» deb nomlanuvçi devoni Eron hukumatining boşqa qismlarini nazorat qiluvçi katta ştatga ega. Bu esa rahbarga bevosita byurokratik aralaşişlar imkonini beradi.

Yangi rahbar, Xominaiyning öğli – Mujtabo Xominaiy uşbu rolni va uning keng kölamli rasmiy vakolatlarini meros qilib oldi. Biroq u otasi ega bölgan avtomatik nufuzga ega emas. Naşrning yozişiça, Muhofizlar korpusining tanlovi bölgan Mujtabo uşbu harbiylardan qarzdor ham bölişi mumkin.
U 28 fevral kungi zarbalar paytida yaralangan va davlat televideniyesida hozirgi mojaroning «jonbozi» yoki «yarador faxriysi» deb atalgan. Tayinlanganiga uç haftadan köproq vaqt ötgan bölsa-da, uning birorta fotosurat yoki videolavhasi körinmadi. Mujtabo faqat ikkita yozma bayonot berdi, bu esa uning ahvoli borasida savollar tuğdirmoqda.
Muhofizlar korpusi qanday örin tutadi?
























