Nima uçun özbek amaldorlari haşamatni yaxşi köradi? Davlat xizmatçisining daromadlarini deklaratsiyalaş muammoga yeçim böladimi? Nega prezident korrupsiyaga qarşi kuraşiş umummilliy masala ekanini aytdi? Korrupsiyaga töla barham beriş uçun nimalar qiliş kerak? Kun.uz navbatdagi katta suhbatda şu kabi savollar tahlil qilindi

“Korrupsiyani yengiş uçun birinçi navbatda uning ortiqça haşamat va dabdaba degan “öq ildizlarini” quritişimiz şart”. Bu – kuni keça prezident boşçiligida ötgan yiğilişdagi tezislardan biri.

Kun.uz korrupsiyaviy masalalar, xususan, özbek amaldorlari nima sabab haşamatga öçligi haqida suhbat taşkil qildi. Unda inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanov, korrupsiyaga qarşi kuraşişda xalqaro ekspert Qodir Quliyev hamda Korrupsiyaning oldini oliş va “komplayens-nazorat” tizimini joriy etiş boşqarmasi boş inspektori Azamat Ergaşev iştirok etib, öz tahlillari bilan bölişişdi.

– Şavkat Mirziyoyev ötkazgan yiğilişda ayrim rahbarlar kamtarona turmuş tarzi bilan namuna böliş örniga, soxta qadriyatlar asiriga aylanib, noqonuniy daromad topişga intilayotgani haqida gapirildi.

Aslida xalq xizmatçilari qanday namuna bölişi kerak? Nega biz avtobus, metroda yurgan biror hokim, vazir yoki boşqa bir davlat mansabdorini körmaymiz?

Abdurahmon Taşanov: Bilasizmi, Dilşoda, mana şu savolga bir yuz birinçi marta javob berişim, çunki har doim şunaqangi savollar şabloni ommaviy axborot vositalarida takrorlanadi va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qanaqadir bir moda haftaligiga öxşagan narsa bölib qoldi. Çunki doim tadbirlar ötkaziladi, keça prezident ham uni ta’kidlab ötdilar. Keçagi yiğiliş menga qaysi tomondan ta’sir qildi, vaziyat kritik nuqtaga yetib kelganini prezidentning özlari tan oldi, kerak bölsa jamoatçilikka va nodavlat taşkilotlariga murojaat qildi, ya’ni ular yordamga çaqirildi. Şu paytgaça hukumatning iddaolarida “biz özimiz yengamiz, biz özimiz kuraşa olamiz” degan narsa bor edi va haligi kasalning muddati ötib ketib qoldi, ya’ni biz kritik momentga keldik.

Endi “özi idealda qanday bölişi kerak?” degan savol ming yillardan beri keladi, boşida savolga faylasuflar javob bergan, undan keyin jamiyatşunoslar va boşqalar [töxtaldi]. Endi bugunga kelib samaraga qaraydigan bölsak, odatda xalq oldida hisobdor bölgan öşa amaldorlar rivojlangan Yevropa mamlakatlari, mana, endi bu yerda köproq şu bolqon mamlakatlarni misol keltiraman, öşalarning amaldorlariga öxşagan doimiy ravişda nazoratdagi odamlar, ya’ni davlat xizmatçilari bölişi kerak. Endi Özbekistonda yaqin yillarda bunaqa böladimi, bölmaydimi, yoki yöq, juda bahsli masala. Hamma har xil yondaşadi, juda skeptik yondaşuvçilar ham bor, juda bir haligi optimizm bilan yondaşuvçilar ham bor.