Jamiyat | 10:30 / 30.04.2017
7876
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada tanishuvlarga mo‘ljallangan teleshoular taqiqlandi

Turkiya hukumati deyarli 4 ming davlat xizmatchisining o‘z lavozimidan bo‘shatilgani va tanishuvlar teleshoularining taqiqlanganini e'lon qildi. Bu haqda favqulodda vaziyat rejimi doirasida qabul qilingan va qonun kuchiga ega bo‘lgan hukumatning ikkita qarorida aytilgan, deb xabar bermoqda Resmi Gazete nashri.

"Radio va televideniye dasturlarida turmush o‘rtoq, do‘st qidirishga hamda bu dasturlar reklamalari va marketinglariga o‘rin bo‘lmasligi kerak. Oila va ijtimoiy siyosat vazirligi ishlanmalari asosida oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi, yoshlar va bolalarning ma'naviy tarbiyasiga qaratilgan dasturlar va seriallarni rag‘batlantirish lozim", deb aytilgan hukumat qarorida. 

29 aprelda qabul qilingan boshqa bir qarorda Fathulla Gulen bilan aloqadorlikda gumon qilingan 3,9 mingdan ko‘proq davlat xizmatchisi, jumladan mingdan ko‘proq harbiy, adliya vazirligining 1,1 ming xodimi va 500 olim o‘z lavozimidan bo‘shatilgani ma'lum qilindi. Bir nechta ommaviy axborot vositasi va 14 ta nohukumat tashkiloti yopilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid