Jahon | 18:28 / 01.05.2017
7375
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya birinchi marta o‘zining eng yirik harbiy kemasidan foydalanadi

Foto: AP

Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa qilish Dengiz kuchlarining “Idzumo” vertolyot tashuvchisi mamlakat xavfsizligini ta'minlayotgan Amerika flotini qo‘riqlash bo‘yicha o‘zining ilk amaliyotiga yo‘l oldi. Bu haqda NHK xabar bermoqda.

Telekanal manbalari ma'lumotiga ko‘ra, Yaponiya floti tarkibidagi eng katta kema 28ta uchar qurilmani o‘zida olib ketishga qodir hamda u 1 may kuni Yokosuka bazasini tark etdi va Filippin qirg‘oqlariga qarab uch oylik “safar”ga jo‘nadi. Yo‘lda vertolyot tashuvchi AQShning Yapon dengizi tomon harakatlanayotgan Harbiy-dengiz kuchlarining ta'minoti kemalarini himoya qilish bo‘yicha amaliyotni bajaradi. Ular “Idzumo” hamrohligida Sikoku oroliga qadar birga boradi.

O‘tgan yili Yaponiyada o‘zini-o‘zi mudofaa qilish milliy Kuchlari vakolatini kengaytirish haqidagi qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan so‘ng ilk bora yapon harbiy xizmatchilari do‘stona mamlakatlarni himoya qilish uchun harbiy harakatlarda ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek hujjat armiyaga ittifoqchilarga logistik qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatishni ham nazarda tutadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid