Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hasanboy Do‘smatovning chorak finaldagi raqibi ma'lum bo‘ldi
Foto: Kun.uz
“O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 29-Osiyo chempionati davom etmoqda. Ayni vaqtda 46-49 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschilarning chorak final yo‘llanmasi uchun kurash davom etmoqda.
Ushbu vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov shri-lankalik raqibi Palleha Tsivankani mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.
Qur'a natijasiga ko‘ra, ulardan so‘ng ringga ko‘tarilgan qozog‘istonlik Yerjon Jo‘mart va tayvanlik Lin Hong-Da juftligi g‘olibi chorak finalda Hasanboyga qarshi kurash olib borishi kerak edi. Qizg‘in bahslarda qozog‘istonlik Jo‘mart raqibidan ustun keldi.
Shunday qilib, Hasanboy chorak finalda qo‘shni davlat bokschisiga qarshi ringga chiqadi.
Mavzuga oid
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
19:34 / 28.11.2025
Boks bo‘yicha 2026 yilgi jahon kubogi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
19:16 / 18.11.2025