Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Indoneziyadagi uch mingta oila yashovchi chiqinditepa
Fransiyalik fotosuratchi Aleksandr Settler Indoneziya poytaxti – Jakartaga keldi. Shahardan 19 kilometr masofada «Bantar Gebang» - janubi-sharqiy Osiyodagi eng yirik chiqindi poligoni joylashgan.
Bu Bekasi shahrining kichik tumani bo‘lib, u yerga sanoat korxonalari tomonidan chiqariluvchi chiqindilar tashlanadi. Taxminan uch mingta oila istiqomat qiluvchi joy fotosuratlari Daily Mail nashri tomonidan e'lon qilindi.
Settlerning so‘zlariga ko‘ra, u bu joyga Indoneziyada chiqindilarni qayta ishlash jarayonida muammolar bor ekanini ko‘rsatish maqsadida kelgan. Har kuni bu yerga to‘qqiz ming tonna turli-tuman chiqindi olib kelib tashlanadi.
“Bu yerda yashash uchun sharoit umuman yo‘q: hid, bakteriyalar, sog‘liq uchun zararli sharoitlar. Ko‘pchilik oilalar va bolalar qo‘lbola uylarda yashaydi, hamda ularda tibbiy xizmat olish va toza ichimlik suvini iste'mol qilish imkoni yo‘q”, - deydi fotosuratchi Aleksandr Settler.
Uning aytishicha, poligon aholisi chiqindilar yordamida kun ko‘radi, ular ham iste'mol qilinadi, ham qayta sotiladi. Uning qayd etishicha, ko‘pchilik bolalar “baxtli ko‘rinishga ega, sababi ular boshqa hayotni ko‘rishmagan ham”.
Mavzuga oid
17:57 / 16.04.2026
Chorvoqda chiqindilar noqonuniy tashlanishiga qarshi kameralar o‘rnatilmoqda
15:16 / 13.04.2026
Bo‘stonliq tumanidagi «noqonuniy chiqindixona» bartaraf etildi
11:35 / 02.04.2026
Iste’molchilar chiqindini olib ketmagan korxonani antiqa yo‘l bilan jazoladi
12:23 / 25.03.2026