Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIKA o‘zbek mehmonxonalari xodimlariga malaka oshirishda ko‘maklashmoqda
O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi “Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash respublika markazi” va Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorlikda joriy yilning 24-30 aprel kunlari davomida Buxoro shahridagi mehmonxona va restoran biznesi sohasi xodimlarining o‘z malakalarini oshirishga qaratilgan o‘quv treninglari tashkil etildi.
Loyihaning asosiy maqsadi Buxoro shahridagi mehmonxona biznesida xorijiy va mahalliy mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishdan iborat.


7 kun mobaynida davom etgan malaka oshirish kurslarida mehmonxona va restoran biznesi sohasi xodimlari nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Ushbu loyihada jami 120 nafar ishtirokchi – Buxoro davlat universiteti Turizm fakultetidan o‘qituvchi va magistratura bosqichi talabalari, Buxoro turizm kollejidan murabbiy va o‘quvchilar, Buxoro va Navoiy shaharlaridagi qator mehmonxonalar xodimlari ishtirok etdilar.

Bir hafta davom etgan o‘quv mashg‘ulotlarini Turkiya mehmonxona biznesi yetakchi mutaxassislaridan tuzilgan o‘qituvchilar jamoasi o‘tib bordi.


30 aprel kuni Buxoro shahrida tashkil etilgan tantanali yopilish marosimida o‘quv seminari ishtirokchilariga mutaxassislik sertifikatlari taqdim etildi.
Mavzuga oid
14:20
Instagram orqali aldangan qizlar: Buxoroda jinoiy guruh qo‘lga olindi
11:55 / 20.02.2026
O‘zbekistonliklar yanvarda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?
16:37 / 17.02.2026
Yanvarda O‘zbekistonga deyarli 1 mln turist: yetakchi uchlik - Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston
18:35 / 09.02.2026