Jahon | 17:47 / 01.05.2017
4742
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada bir hafta ichida 38 terrorchi yo‘q qilindi

Foto: Anadolu

So‘nggi haftada Turkiyada aksilterrorchilik operatsiyalari natijasida 38 nafar terrorchi, shu jumladan Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK)ning bir qator yetakchilari yo‘q qilindi. Bu haqida Turkiya TIV ma'lumotiga asoslanib, "Anadolu" agentligi xabar berdi

Manbaga ko‘ra, PKK'ning 11 terrorchisi qurolni topshirib, hukumatga taslim bo‘lgan, yana 16 nafari qo‘lga olingan.

Umumiy hisobda, mamlakatda 24-30 aprel kunlari taxminiy terrorchilarga qarshi 579 ta operatsiya uyushtirilgan. 

IShID bilan aloqadorlikda gumon qilingan 43 kishi qo‘lga olingan. 

Shu bilan birga Fathulloh Gulenning terrorchi oqimi - FETÖ bilan aloqadorlikda gumon qilingan 2331 kishi qo‘lga olingan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid