Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
2017 yilning 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Podshohligining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Xishom bin Mish'al bin Suvaylim al-Suvaylim bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomon munosabatlarining, jumladan BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doiralaridagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Turli jabhalardagi O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni aloqalaridagi ijobiy o‘sish sur'atlari mamnuniyat bilan qayd etildi hamda savdo-iqtisodiy, investitsion va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatdagi ayrim masalalar ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026