Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuman IIB boshliqlari har oyda o‘z tumanida hisobot beradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri bir yilda ikki bora Senat oldida hisobot beradi. Bu haqda vazir Abdusalom Azizov Toshkent shahrida Xalqaro press-klub tomonidan tashkil etilgan anjumanda ma'lum qildi.
Shuningdek, aytilishicha, joylardagi Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari viloyat kengashlari oldida har chorakda hisobot bersa, tumanlarda esa har oyda hisobot berishadi.
Profilaktika inspektori ham mahallada har oyda mahalla kengashi oldida qilgan ishlari haqida batafsil hisobot beradi. Qayd etilishicha, bu jamoatchilik bilan ishlashning bir shaklidir.
Bundan tashqari, profilaktika inspektorlari orqali IIV mahalla faollari, raisi, diniy-ma'rifiy va axloqiy masalalari bo‘yicha maslahatchilar, posbonlar sardori, ayollar kengashlari, faxriylar kengashlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan ko‘p tadbirlarni amalga oshirishi lozim hamda yaqindan ishlaydi.
Mavzuga oid
08:29 / 01.12.2025
SIPRI hisoboti: Ukrainadagi urush fonida qurol savdosi tarixiy maksimumga chiqdi
10:03 / 13.11.2025
2025 yil III choragi: ishsizlar ulushi 4,9 foiz
11:22 / 27.08.2025
Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi
20:44 / 11.08.2025