Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya shahzodasi: Biz Eron bostirib kirishini kutmoqchi emasmiz
Foto: politobzor.net
Saudiya Arabistoni taxti vorislaridan biri, mamlakat mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon Erondagi tuzumni "ekstremistik tuzum" deb atadi va bu davlat bilan kelishuvning imkoni yo‘qligini aytdi.
"Erondagi tuzum ekstremistik g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu tufayli biz ular bilan kelisha olmaymiz", degan ibn Salmon Saudiyadagi MBC telekanaliga bergan intervyusida.
"Biz va Eron o‘rtasida aloqa nuqtalari mavjud emas", deya qo‘shimcha qilgan u.
Taxt vorisi o‘rinbosarining qayd etishicha, eronliklarning maqsadi Suriya emas, Makka va Ka'ba joylashgan Saudiya Arabistonidir.
"Biz Eron Saudiya Arabistoniga bostirib kirishini kutmoqchi emasmiz", degan u.
Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar Yaqin Sharq hududida 2011 yili boshlangan "arab bahori" inqilobi ortidan buzilgandi. O‘shanda rasmiy Tehron shialarni qo‘llab-quvvatladi, Saudiya Arabistoni sunniylar tomonida turdi. 2016 yilning 3 yanvarida Saudiya Arabistonida shialar imomi Nimr an-Nimr qatl etilgach, saudiyaliklarning Tehrondagi elchixonasiga va Mashhaddagi vakolatxonasiga hujum qilindi. Tez orada ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar uzildi.
Mavzuga oid
21:14 / 06.04.2026
Eron vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi
20:10 / 06.04.2026
Polkovnikni qutqarish. Amerikalik uchuvchini Erondan olib chiqish amaliyoti tafsilotlari
18:21 / 06.04.2026
YUNISEF Eron rasmiylaridan bolalarni harbiy xizmatga yollashni to‘xtatishni talab qildi
14:17 / 06.04.2026