O‘zbekiston | 09:55 / 03.05.2017
75217
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 4 balli zilzila sezildi

Illyustrativ surat

Bugun, 3 may kuni soat 9:48da respublikaning sharqiy hududlarida zilzila qayd etildi. 

Toshkent shahri aholisi 4 ball atrofidagi yer qimirlashi kuchini sezishdi. Zilzila Farg‘ona vodiysida ham kuzatilgan. Andijon shahrida zilzila kuchi 3 ballni tashkil etgan.

Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotiga ko‘ra, zilzila episentri Tojikistonning Karakenja shahri yaqinida bo‘lgan. Episentr O‘zbekistonning Farg‘ona shahridan 111 km, Tojikistonning Dushanbe shahridan 259 km uzoqlikda joylashgan. Markazda zilzila kuchi 5,9 ballni tashkil etgan, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

Toshkent seysmologiya markazi tez orada aniq ma'lumotlar taqdim etadi.

O‘zbekistonda oxirgi marta 18 aprel kuni 2 ball kuch bilan zilzila sodir bo‘lgandi.

Mavzuga oid