Jahon | 08:57 / 03.05.2017
6598
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning partiyadoshlari undan iPhone’ni olib qo‘yishni taklif qilishdi

Foto: AFP

Respublikachi senator Bob Korker AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda sentabrda hukumat ishi to‘xtatilishi kerakligi haqidagi tvitni yozgani uchun prezident boshqa bunday tvitlarni chop eta olmasligi uchun undan iPhone’ni olib qo‘yishni taklif qildi. 

"Fikrimcha, undan iPhone’ni olib qo‘yish kerak va shundan keyin unga Oq uy xodimlari chig‘irig‘idan o‘tgan tvitlarni chop etishga ruxsat berish lozim", deb aytdi Korker.

Trampning boshqa partiyadoshi, Arizona shtatidan senator Jon Makkeyn prezident tvitterda nimadir chop etishdan avval "yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerakligini" aytgan.

Siyosatchilarni Trapmning respublikachilar va demokratlar 30 sentabrda tugaydigan joriy moliyaviy yil oxirigacha hukumat faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha muzokaraviy kelishuvga kelganlari haqidagi tviti achchiqlantirgan. Tramp uning partiyasiga senatda 60 o‘rin yetmasligini va shu sababli respublikachilar va demokratlar kelishuvga kelishganini ma'lum qilgan. 

Trampning "Bizga 2018 yilda ko‘proq respublikachi senatorlar kerak yoki qarorlarni qabul qilish qoidalarini 51 foiz ovoz yetarli bo‘ladigan ko‘rinishga o‘zgartirish kerak. Bizning davlatga vaziyatni to‘g‘rilash uchun sentabrda hukumat ishining yaxshigina to‘xtatilishi zarur!" degan so‘zlari tanqid ostiga olingan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid