Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida takroriy zilzila qayd etildi
Illyustrativ surat
“Toshkent” seysmostansiyasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yilning 4 may kuni soat 16:10 da respublikamizning ayrim hududlarida takroriy zilzila (aftershok) qayd etilgan. Bu haqida FVV xabarnomasida ma'lum qilindi.
Zilzila markazi Toshkent shahrining janubi-sharqiy yo‘nalishida 260 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda qayd etilgan zilzila magnitudasi 5,2 ni tashkil qildi.
Respublika hududida seysmik faollik Farg‘onada - 2 ball, Andijonda - 2 ball, Namanganda - 2 ball, Toshkentda - 2 ballga yaqin bo‘lgan.
Zilzila oqibatida jabrlanish holatlari va talofatlar kuzatilmadi.
Mavzuga oid
00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11:53 / 13.11.2024