Jahon | 08:33 / 04.05.2017
5446
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidenti meksikancha bayramda qatnashishdan bosh tortdi

Foto: conservativetribune.com

AQSh prezidenti Donald Tramp meksikancha Cinco de Mayo bayramida ishtirok etmaydi (5 may). U so‘nggi 16 yil ichida Oq uyda nishonlanadigan bu bayramda ishtirok etishdan bosh tortgan ilk prezidentga aylanadi. Bu haqda The Hill gazetasi xabar bermoqda.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp 16 yillik o‘ziga xos an'anada ishtirok etmoqchi emas. Nashrning tan olishicha, Oq uy juma kungi jadvalni hozircha e'lon qilmadi hamda bu boradagi murojaatni e'tiborsiz qoldirdi.

Buning o‘rniga, xabarda ko‘rsatilishicha, bayram tadbirida AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens ishtirok etadi. Uning o‘tkazilish joyi hozircha noma'lum, biroq, ma'lumotlarga ko‘ra, u yerdagi mehmonlar odatdagidan kamroq bo‘ladi.

"Prezidentlar kichik Jorj Bush va Barak Obama Cinco de Mayo’da ishtirok etishni AQShning ispan tilida so‘zlashuvchi fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun yaxshi imkoniyat, deb hisoblashgan. Ular Oq uyga o‘z kabineti a'zolari, lotin amerikalik mashhur shaxslar va Meksika elchisini taklif qilishgan", - deya xabar berdi. Qo‘shimcha qilinishicha, o‘tgan yili Obama boshchiligidagi bayram tadbirida 500 kishi qatnashgan.

AQShda meksikancha Cico de Nayo bayrami keng bayram qilinadi. U Meksika qo‘shinlarining Pueblada fransuzlar ustidan 1862 yilning 5 may kuni qozongan g‘alabasi sharafiga nishonlanadi.

Mavzuga oid