Sport | 00:52 / 04.05.2017
14968
1 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Jalolov ilk jangini texnik nokaut bilan boshladi

Toshkentda Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak final bahslari poyoniga yetdi hamda barcha yarim finalchilar nomi ma'lum bo‘ldi. 

Chorak finalda super og‘ir vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Bahodir Jalolov murabbiylar ishonchini oqladi va raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratib yarim finalga chiqdi. U bu bosqichda suriyalik raqibi Muhammad Mulayisga qarshi final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

+91 kg vazn toifasidagi ikkinchi yarim final juftligi qozog‘istonlik Kamshibek Kunkabayev hamda iordaniyalik Husayn Eyshashlardir. 

Ushbu vazn toifasidan avval 81 kg vazn toifasidagi bokschilar ringga ko‘tarilishgan edi. Mazkur vazn bo‘yicha yarim finalchilar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) –  Jiabin Huang (Xitoy)
Nuryadiyev Nuryagdi (Turkmaniston) – Aljanov Yyerik (Qozog‘iston)

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid