Professional boksning superoğir vazn toifasida harakat qilayotgan özbekistonlik ikki karra Olimpiada çempioni Bahodir Jalolov (15-0, 14 KO) özining navbatdagi jangini joriy yilning 26 iyul kuni AQŞda ötkazadi. 

“Madison Square Garden” arenasidagi boks keçasida Jalolovga italiyalik 36 yoşli Janmarko Kardillo (12-1-2, 2 KO) raqiblik qiladi.

Bahodir Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida hozirgaça 15 ta jang ötkazib, barçasida ğalaba qozongan. Sönggi jangini 2025 yil 5 aprel kuni Ostona şahrida ukrainalik Igor Şevadzutskiyga qarşi ötkazib, oçkolar evaziga ğalaba qozongandi. Bu Jalolov uçun professional boksdagi ilk töliq jang böldi. U bungaça barça raqiblarini muddatidan avval nokaut bilan yutib kelgandi.

“Big Uzbek”ning bölajak raqibi Janmarko Kardillo esa professional boksda 15 ta jang ötkazib, ularning 12 tasida ğalaba qozongan. Bitta jangda mağlub bölgan, yana ikkita jangida esa durang qayd etilgan.