Jamiyat | 10:31 / 04.05.2017
28489
5 daqiqa o‘qiladi

Chetlab o‘tish kerak bo‘lgan 8 suv havzasi

Bu suv havzalari doim shubhali mashhurlik manbai bo‘lgan: ularning ba'zilari doim shunday bo‘lgan, boshqalari esa - inson ta'siri natijasida. Har bir suv havzasi o‘z tabiatiga ko‘ra har xil, lekin barchasini bir jihat birlashtirib turadi - ulardan uzoqroq yurgan ma'qul.

 

Rio-Tinto, Ispaniya

Daryo suvi qizil rangda. Bunga mis va temirning yuqori konsentratsiyasi hamda suv kislotaligi sababdir. Bir necha yuz yillar davomida daryoning yuqori qismida foydali qazilmalar qazib kelinadi, bu daryoning ifloslanishiga olib kelgan. Uning zaharli suvlarida baliqlar yashamaydi, shu bois qanday issiq bo‘lmasin, bu suv havzasida hatto oyoqlarni ham namlab bo‘lmaydi.

 

Qaynoq ko‘l, Dominika

Agar bir aybi bo‘lmaganida bu ko‘l termal kurort bo‘lishi mumkin edi: suv havzasidagi suv harorati 82-91,5 daraja issiq. Ko‘lda nafaqat suzish mumkin emas, unga hatto yaqinlashish ham taqiqlanadi. Qaynoq havo va vaqti-vaqti bilan o‘zini namoyon qiluvchi lava oqimlari tufayli unda tiriklayin qaynab ketish hech gap emas.

 

Chitarum, Indoneziya

G‘arbiy Yava aholisi bu daryoni ham qishloq xo‘jaligi ehtiyojlariga, ham suv ta'minotiga, ham sanoat va qator boshqa maqsadlar uchun moslashtirib olgan. Daryo atrofida 5 millionga yaqin kishi yashaydi, ular ko‘p yillar mobaynida suv havzasini haqiqiy yuvindiga aylantirib yuborishgan. Agar daryo suvi tekshirilsa, undan Mendeleyev jadvalidagi barcha elementlarni topish mumkin. Tabiiyki, bunday sharoitda aksariyat elementlar konsentratsiyasi me'yordan bir necha barobar ko‘pdir.

 

Kivu, Afrika

Suv havzasining bir tekis, ko‘m-ko‘k yuzasi aslida kishilarda aldamchi taassurot uyg‘otadi. Bu ko‘l sekin ta'sir qiluvchi haqiqiy bombaga qiyoslanadi: suv ostida 250 kilometr kub karbonat angidrid va 65 kilometr kub metan mavjud. Ko‘l vulqon faolligini oshiruvchi va portlash keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan muntazam o‘suvchi rift vodiysida joylashgan. So‘nggi vulqonning otilishi suv havzasidagi suvning qaynashiga va baliqlarning tiriklayin pishishiga  olib kelgan.

 

Karachay, Rossiya

1951 yilning oktabridan Chelyabinsk viloyatining suv havzasida suyuq radioaktiv chiqindilar ko‘mila boshlandi. Bugungi kunga kelib, ko‘lda taxminan 120 million yuqori radioaktiv modda to‘planib qolgan. 2015 yilda bu ko‘lni butunlay qoplashmoqchi, biroq hatto bu choralar ham yer osti suvlarining radioaktiv zaharlanishini bartaraf eta olmaydi.

 

Potomak, AQSh

Bu daryoga na chiqindilar tashlanadi va na radioaktiv moddalar. U o‘zining kuchli suv osti oqimlari bilan xavfli. Ko‘rinishidan sokindek tuyulgan bu hudud halokatli tahdid soladi. U har yili suv ekstrimini yaxshi ko‘ruvchi o‘nlab kishilarni hayotdan olib ketgan.

 

Havorang qo‘ltiq, Buyuk Britaniya

Tashlandiq havzaning feruza rang suvlariga ko‘pchilik maftun bo‘ladi. Biroq u qancha jalb qilmasin, bu yerda cho‘milish mumkin emas. Suv ohaktosh qoyalar sabab shunday go‘zal tusga kirgan, uning rN darajasi esa 11.3 ni tashkil qiladi - bu esa teri va ko‘zlarni qichitib, zamburug‘li infeksiyalar yoki oshqozon bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.

 

Iakova qudug‘i, AQSh

Diametri 4 metr bo‘lgan suv osti g‘ori minglab dayverlarni o‘ziga jalb qilib keladi. Suv ostida bir necha tor o‘tish joylari bilan bog‘langan g‘orlar bo‘lib, sarguzashtsevarlar bu yerni tadqiq qilishga qiziqib qolishi aniq. Biroq quduq qanchalik chiroyli bo‘lsa, shunchalik xavfli. Suv osti yo‘laklari 8 nafar dayverni hayotdan olib ketgan.

Mavzuga oid