Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, joriy yilning dastlabki ikki oyida 1 081 612 nafar özbekistonlik çet elga borgan.
Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 49,3 ming nafarga oşgan.
Statistikaga köra, özbekistonliklar eng köp qöşni davlatlarga sayohat qilgan. Xususan, Qirğizistonga 426 421 nafar, Tojikistonga 179 390 nafar va Qozoğistonga 166 017 nafar fuqaro borgan.
Şuningdek, Saudiya Arabistoni (115 350 nafar), Rossiya (62 054 nafar), Turkiya (34 634 nafar) va Birlaşgan Arab Amirliklari (26 449 nafar) ham eng köp taşrif buyurilgan davlatlar qatoriga kirgan.
Bundan taşqari, Tailand (10 946 nafar), Xitoy (8 890 nafar) va Misr (8 872 nafar) ham özbekistonliklar tomonidan köp tanlangan yönalişlardan bölgan.
Çet elga safarlar sonining ortişi aholining daromadlari oşib borayotgani, turizm imkoniyatlarining kengayişi va transport aloqalarining yaxşilanişi bilan boğliq.








