Jahon | 07:45 / 04.05.2017
9140
1 daqiqa o‘qiladi

Interpol Yanukovich va uning o‘g‘li haqidagi ma'lumotlarni o‘chirib tashladi

Foto: Viktor Yanukovich (UNIAN)

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning to‘ng‘ich o‘g‘li matbuot kotibi Yuriy Kirasir feysbukda Interpolning Yanukovich hali ham qidiruvda ekanligi borasida ma'lumotga oydinlik kiritish borasidagi iltimosga javobini chop etdi.  

"Interpol Viktor Yanukovichga Interpolning hibsga olish haqidagi maxsus so‘rovi amal qilmasligini va u haqidagi ma'lumotlar Interpol ma'lumotlar bazasida yo‘qligini tasdiqladi", deb rasmiy hujjatdan iqtibos keltirdi Kirasir.

Kirasirning aytishicha, Interpol Yanukovichning to‘ng‘ich o‘g‘li Aleksandr haqidagi barcha ma'lumotni ham o‘chirishga qaror qilgan. Kirasirning ta'kidlashicha, bu qaror Interpolning 27 fevraldan 3 martgacha o‘tgan sessiyasida qabul qilingan.

Avvalroq Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov Interpol Ukrainaning sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyukni xalqaro qidiruvga berish bo‘yicha Rossiyaning iltimosini rad etganini ma'lum qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid