Jahon | 12:08 / 04.05.2017
15900
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh ma'muriyati KXDR rahbariyatini yo‘qotishni maqsad qilgan

Foto: Reuters

Oq uy Pxenyanda hukumatni o‘zgartirishga harakat qilmoqda. Bu haqda KXDRning hukumat gazetasi “Minchju Choson”da e'lon qilingan maqolada so‘z yuritiladi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, prezident Donald Tramp ma'muriyati “o‘zining asosiy maqsadi sifatida Qo‘shma Shtatlar tomonidan ishlab chiqilgan harbiy strategiya doirasida KXDR rahbariyatini yo‘q qilishni rejalashtirgan”. Gazetaning ogohlantirishicha, “KXDR inqilobiy armiyasi AQSh mamlakat oliy rahbariyatini haqorat qilish bo‘yicha kichik urinishlarni amalga oshirsa ham shafqatsiz zarbalar beradi”.

Maqolaga ko‘ra, Pxenyanning fikricha, “Tramp ma'muriyati o‘z raqibi haqida aniq tasavvurga ega emas”. “KXDR xalqi va armiyasi o‘z hayoti evaziga inqilob shtabi himoyasini ta'minlaydi va kimdir respublika oliy rahbariyatini haqorat qilsa, uni yer yuzidan yo‘qotadi”, - deya xulosa qilgan "Minchju Choson".

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning 3 may kuni ma'lum qilishicha, Vashington Pxenyanga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga tayyor. Ma'lumotlarga ko‘ra, Oq uy KXDRga “bosim o‘tkazish kampaniyasini” davom ettirish niyatida.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid