Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznesga qator litsenziyalar bekor qilinadi va soliq imtiyozlari kengaytiriladi
Prezidentning “Ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Savdo-sanoat palatasi uning muhokamasida ishtirok etishni taklif etgan.
Xususan, loyihada vakolatli idoralar va tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda joriy etish taklif etilgan qator mexanizmlar bor. Ishlab chiquvchilar fikricha ishbilarmonlik muhiti rivojiga to‘sqinlik qilayotgan qator holatlarni bekor qilish taklif etilgan (joriy yilning 1 iyulidan).

Bundan tashqari, loyihaga ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlar rivojiga to‘siq bo‘layotgan g‘ovlarni yo‘q qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi ham ilova qilingan. Unda 6 element bor:
1 – tadbirkorlik masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada yaxshilash, mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish;
2 – tadbirkorlik sub'yektlariga infratuzilma va uskunalardan foydalanish imkonini yaratish;
3 – muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish va ularning barqaror faoliyatini ta'minlash;
4 – tadbirkorlik sub'yektlari uchun valyuta va moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish;
5 – eksportchi-korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilash;
6 – soliq solish tizimi va soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish.
Mavzuga oid
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
11:13 / 17.11.2025