Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi harbiy baza yonida qurol-aslaha yashirilgan joy aniqlandi
Fransiya politsiyasi mamlakat g‘arbidagi harbiy baza yaqinida pompali miltiq, ikkita revolver va ularga o‘q dorilar aniqladi. Bu haqda tergovga yaqin manbalarga iqtibos keltirgan holda Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.
Qurollar Evre shahri yaqinida 5 may ertalab radikal islomchi, sobiq harbiy, 34 yoshli fransuz qo‘lga olingandan keyin aniqlangan. U politsiya tomondan mahalliy harbiy baza yaqinida qo‘lga olingan. Tergovchilar qo‘lga olingan kimsa keyinchalik terakt amalga oshirish maqsadida baza ortidan kuzatuv olib borgan, deb taxmin qilishmoqda.
RTL telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, bazani qo‘riqlaydigan harbiylar bazaga kiraverishda qo‘yib ketilgan shubhali avtomobilni payqashgan. Ular bu haqda politsiyaga xabar berishgan. Mashina egasi uni o‘t oldirish qulfida kalitni qoldirgan holatda tark etgan. U qaytib kelganda, politsiya tomondan qo‘lga olingan.
Gumonlanuvchining shaxsi tekshirilganda u fransuz maxsus xizmatlariga ma'lum bo‘lgani va xavf solishi mumkin bo‘lgan musulmon radikallar ma'lumotlar bazasida hisobda turgani aniqlangan. Bu ish bo‘yicha tergovni olib borish terrorchilik ishlari bilan shug‘ullanuvchi Parij prokuraturasiga topshirilgan.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026