Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» «Navbahor»ni yenga olmadi
Oliy liganing 9-turi doirasida Namanganning «Navbahor» klubi o‘z maydonida Toshkentning «Lokomotiv» jamoasini qabul qildi.
Birinchi bo‘limda muxlislar uchta golga guvoh bo‘lishdi. 16-daqiqada burchak to‘pidan so‘ng, Dilshod Jabborov raqib jarima maydonidagi pala-partishlikdan unumli foydalandi va hisobni ochdi. Ammo, oradan 7 daqiqa o‘tgach, Sardor Mirzayev o‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan Amanov qo‘riqlagan darvozaga joylashga muvaffaq bo‘ldi - 1:1.
Bo‘lim oxiriga kelib, mehmonlar hisobda oldinga o‘tib olishdi. «Lokomotiv» to‘purari Marat Bikmayev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi - 1:2.
Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar tezkor gol urishdi. Aziz Turg‘unboyev raqibdan to‘pni olib qo‘ygach Ikromov bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqdi va hisobni tenglashtirdi.
Shundan so‘ng uchrashuv oxirigacha har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan harakat qilishgani bois darvozalar oldida golga tortadigan xolatlar ko‘p kuzatilmadi.
Shu tariqa, «Navbahor» O‘zbekiston chempionatining joriy mavsumida o‘z maydonida beshinchi uchrashuvni o‘tkazib, 3 g‘alaba va 2 durang qayd etgan holda mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirdi.
Endilikda, 8ta o‘yinda 19 ochko olgan «Lokomotiv» turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Navbahor» hisobida esa 15 ochko bor. Ilhom Mo‘'minjonov shogirdlari uchinchi o‘rinda joylashgan.
Oliy liga, 9-tur
«Navbahor» - «Lokomotiv» — 2:2
Gollar: Dilshod Jabborov (16), Aziz Turg‘unboyev (47) - Sardor Mirzayev (24), Marat Bikmayev (42)
«Navbahor»: 30. Asilbek Amanov, 2. Alisher Samatov (Mansur Saidov, 70), 3. Hasanboy Ergashev (Abbos Otaxonov, 46), 5. G‘iyosjon Komilov, 7. Oybek Qilichev, 9. Dilshod Jabborov (S), 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A'zam Aliyev, 32. Jahongir Mehmonov, 77. Azizbek Turg‘unboyev (Alisher Mirzayev, 89), 84. Nemanya Yovanovich.
«Lokomotiv»: 12. Ma'mur Ikromov, 9. Ikrom Aliboyev (Kaxi Maxaradze, 71), 10. Marat Bikmayev (Diyor Turopov, 68), 15. Sardor Mirzayev, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev (S), 22. Murod Bobojonov, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 29. Quvondik Ro‘ziyev (Salamat Qutiboyev, 87), 33. Oleg Zoteyev, 42. Muxammad Kone, 99. Jaloliddin Masharipov.

Mavzuga oid
17:53 / 23.06.2026
Prezident “Navbahor” futbol klubining akademiyasida bo‘ldi
20:49 / 04.04.2026
“Bunyodkor” - “Lokomotiv” o‘yinidan keyingi janjal sabablari o‘rganilmoqda
15:31 / 01.12.2025
Temur Kapadze O‘zbekistonda qoldi
17:57 / 31.10.2025