O‘zbekiston | 20:53 / 05.05.2017
25329
2 daqiqa o‘qiladi

"Rohat"da to‘rt aylanali yangi yo‘l ayirgich barpo etiladi

Foto:Sputnik/

Toshkent shahri ma'muriyati Yashnobod tumanidagi “Rohat” aylanasida yangi yo‘l o‘tkazgich qurishni joriy yildayoq boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sputnik avtomobil yo‘llari bo‘yicha Davlat qo‘mitasidagi manbaga asosan xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, beda bargi shaklidagi yangi yo‘l o‘tkazgich loyihasi tayyor, hozirda mablag‘ ajratish va yaqin oylarda qurilishni boshlash imkoniyati muhokama qilinmoqda.

"Biz loyihani ikki bosqichda amalga oshirishni ko‘zda tutganmiz. Bu ishlar hajmining ko‘pligi bilan bog‘liq, sababi yo‘l o‘tkazgich bilan bog‘langan holda Chirchiq daryosi ustidan yangi ko‘prik ham quriladi. Eskisi buzib tashlanadi. Birinchi bosqichda beda bargining yarmi quriladi, ya'ni, Qo‘yliq bozoriga olib boruvchi yo‘lga javob beradigan va “Krestik” deya ataluvchi chorraha yo‘nalishida", - deya ta'kidlab o‘tgan manba.

Ikkinchi bosqichda Chirchiq daryosi ustida yangi ko‘prikni qurish va u orqali o‘tuvchi yo‘lni rekonstruksiya qilish amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yo‘l o‘tkazgichning qolgan qismi ham quriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid