Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qo‘qon» «Paxtakor» bilan durang o‘ynab, peshqadam bo‘lish imkoniyatini boy berdi
O‘zbekiston chempionatining 9-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, turning qiziqarli uchrashuvlaridan biri Qo‘qonda bo‘lib o‘tdi.
«Paxtakor»ni qabul qilgan mezbonlar 5-daqiqada Nosir Otaqo‘ziyevning golidan so‘ng hisobni ochishgandi, biroq ikkinchi bo‘limning 5-daqiqasida Akbar Ismatullayev muvozanatni tiklab, toshkentliklar uchun muhim bir ochkoni keltirdi.
«Obod» esa Toshkentda «Qizilqum»ga qarshi kechgan uchrashuvda 1:1 hisobida durangga erishdi. Mehmonlardan Artur Gevorkyan gol muallifi bo‘lgan bo‘lsa, mezbonlarni hisobni tenglashtiruvchi golga Shohruz Norxonov mualliflik qildi.
9 uchrashuvdan keyin «Qo‘qon» hisobidagi ochkolar soni 18taga yetdi va jamoa «Lokomotiv»dan bitta o‘yin ko‘p o‘tkazgan holda, bir ochko ortda bormoqda. «Paxtakor» 11 ochko bilan 9-10 o‘rinlarni bo‘lib turibdi. «Qizilqum»da 10, «Obod» hisobida esa 6 ochko mavjud.
Oliy Liga, 9-tur
«Qo‘qon-1912» – «Paxtakor» 1:1 (1:0).
Gollar: Nosir Otaqo‘ziyev (5) – Akbar Ismatullayev (50).
«Qo‘qon-1912»: Aziz Ashurov, Bahodir Akramov, Jalil Kimsanov, Nosir Otaqo‘ziyev (Avaz Mamatxo‘jayev, 90+4), Suhrob Berdiyev, Aleksandr Merzlyakov, Ibrohim Rahimov (Jamshid Hasanov, 73), Darko Gojkovich, Murod Xolmuhammedov, Oybek Rustamov, Filip Rayyevats.
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Adnan Oraxovats, Akbar Ismatullayev, Azim Ahmedov, Sherzod Karimov (Doston Ibragimov, 86), Jamshid Iskanderov, Jasur Hakimov (Igor Sergeyev, 46), Kamoliddin Tojiyev, Davron Hoshimov, Stanislav Andreyev, Yuritsa Bulyat (Vladimir Kozak, 32).
Ogohlantirishlar: Davron Hoshimov (60), Azim Ahmedov (64), Sherzodbek Karimov (77, barchasi Paxtakor).
«Obod» – «Qizilqum» 1:1 (1:1).
Gollar: Shohruz Norxonov (40) — Artur Gevorkyan (26).
«Obod»: Shirinboy Abdullayev, Abror Xusinov, Anvar G‘ofurov, Sherzod Jalilov, Doniyor Hasanov, Pavel Solomin (Navro‘z Xaipov, 65), Sunnatilla Ermatov, Shoxruz Norxonov, Sardor Qahhorov, Idris Bikmaykin (Sanjar Rixsiboyev, 60), Abbos Saidkarimov (Sanjar To‘raqulov, 78)
«Qizilqum»: Artyom Makosin, Shukurali Po‘latov, Erkin Boydullayev, Vohid Shodiyev, Fayzullo Qambarov, Azamat Allaniyozov (Otabek Zokirov, 46), Artur Gevorkyan, Jasur Hasanov, G‘ayrat Jumayev, Sherali Jo‘rayev, Ilhom Yunusov.
Ogohlantirishlar: Doniyor Hasanov (66), Navro‘z Xaipov (84, ikkalasi Obod).
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:18 / 09.04.2026
«Paxtakor» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib, Superligada peshqadam bo‘lib oldi
13:12 / 16.03.2026