Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev va Shoygu mudofaa sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Foto: korda.kz
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu mudofaa sohasidagi davlatlararo masalalarni muhokama qilishdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti saytida ma'lum qilindi.
"Tomonlar mudofaa sohasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning joriy masalalari va istiqbollarini muhokama qilishdi", deyilgan xabarda.
Nazarboyev Shoygu bilan suhbatda joriy yilda Qozog‘iston qurolli kuchlarining 25 yilligi nishonlanishining dolzarbligini ta'kidlab o‘tdi. Shu munosabat bilan bir qator tantanali tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev telefon muloqoti o‘tkazib, Suriyadagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar va xavfsizlik masalalarini muhokama qilishgandi.
Mavzuga oid
11:43 / 12.01.2026
Shvetsiya havo hujumidan mudofaaga 15 mlrd krona ajratadi
15:22 / 07.01.2026
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi: mudofaa tizimida yangi maqsadlar belgilanadi
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
15:05 / 17.12.2025