Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 2017 moliyaviy yilning qolgan davri uchun byudjyetni imzoladi
AQSh prezidenti Donald Tramp federal hukumatni 2017 yil 30 sentabrgacha moliyalashtirish haqidagi qonunni imzoladi. Bu qonun kongressning ikki palatasi tomondan ham qabul qilindi. Bu haqda brifingda Oq uy matbuot kotibining birinchi o‘rinbosari Sara Xakabi-Sanders ma'lum qildi.
Joriy moliyaviy yilning qolgan davri uchun byudjyet miqdori 1,1 trln dollarni tashkil qiladi. Mudofaa xarajatlari uchun 598,5 mlrd dollar ajratiladi, ulardan 15 mlrd dollar terrorchilikka qarshi kurashga yo‘naltiriladi. Energosektorga 38,8 mlrd dollar, milliy xavfsizlikni ta'minlash uchun 49,3 mlrd dollar, davlat departamentini moliyalashtirish uchun 57,4 mlrd dollar ajratiladi.
Qonun chiqaruvchilar shuningdek bir qator ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatladilar. Misol uchun, giyohvandlikka qarshi kurashga 100 mln dollar va Puerto-Riko aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun 300 mln dollar ajratishga qaror qilindi. O‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekkan g‘arbiy shtatlarga yordam ko‘rsatish uchun 407 mln dollar ajratish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, shaxtyorlarni tibbiy sug‘urtalash dasturiga ham mablag‘ ajratiladi.
Yangi byudjyetga Ukraina uchun mablag‘ ajratish ham kiritilgan. Byudjyetning Yevropa va Yevrosiyo davlatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limida Ukrainaga kamida 410,465 mln dollarlik yordam ajratilishi, "Rossiyaning Yevropa va Yevrosiyo davlatlariga ta'siri va tajovuziga qarshi kurashga" 100 mln dollar sarflash mumkinligi ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026