Jahon | 07:52 / 06.05.2017
8857
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada namoyishchilar Ugo Chavesning haykalini qo‘porib tashladilar

Venesuelaning shaharlaridan birida namoyishchilar mamlakatning sobiq prezidenti  Ugo Chavesga qo‘yilgan haykalni qo‘porib tashladilar. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea Vilya-del-Rosario shahrida yuz bergan. 

Chaves 2013 yil martida 58 yoshida Karakasdagi harbiy gospitalda saraton kasalligidan vafot etgandi. U mamlakatni 1999 yildan to o‘limigacha boshqargan.

Avvalroq Venesuela prokuraturasi bir oydan beri davom etayotgan namoyishlar davomida 35 kishi halok bo‘lgani va 700 dan ko‘proq odam jarohat olganini ma'lum qilgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid