Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident ta'kidlamoqda: aholining tibbiy madaniyatini o‘stirish vaqti keldi
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga tashrif buyurdi. Davlat rahbari mazkur tashrifi davomida kutilmaganda 32-oilaviy poliklinikaga kirdi.
Davlatimiz rahbari poliklinikaning ish tartibi bilan qiziqdi. Muassasaning samaradorligini oshirish, uylarga chiqib, aholiga patronaj xizmati ko‘rsatishni yanada kuchaytirish zarurligini ta'kidladi. Mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish, poliklinikani ta'mirlash va aholi uchun qulayliklarni oshirish, mobil tibbiy yordam qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shavkat Mirziyoyev mazkur poliklinikaning bosh shifokori Ruzmetova Lola Mirazizovna bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda aholi orasida tibbiy madaniyatni oshirish, shifokorlar uyma-uy yurib odamlarda bu ko‘nikmani paydo qilishga, qaysi mavsumda qanday taom yeyishigacha, salomatlikni saqlash uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi haqida so‘z yuritdi.
Prezidentning mana shu gapi e'tiborimni o‘ziga tortdi. Haqiqatan ham tibbiy madaniyatni oshirish bugungi zamonning, yana bir bor qaytaraman bugungi zamonning eng dolzarb talablaridan biridir. Poytaxt aholisini bilmadim, viloyatlarda va chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aksari odamlar bunga amal qilmaydi. Natijada, prezident aytganidek, salomatlikka putur yetadi, turli mashmashalar boshlanadi.
Oddiy misol tariqasida aytib o‘tishim mumkinki, ko‘pchilik odamlar xarid qilayotgan mahsulotlarining salomatlikka nechog‘lik ta'siri bor-yo‘qligiga uncha ahamiyat qaratishmaydi. Yoki sotib olishayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlili muddati bilan deyarli qiziqishmaydi (ayniqsa, viloyatlarda bu hol ko‘p kuzatiladi). Badantarbiyaning inson salomatligiga juda katta foydasi borligi haqida bundan ming yillar muqaddam turli olimlar aytib o‘tishgan. Ammo buni ko‘pchilik o‘z hayotida qo‘llamaydi. Bularning barchasi tibbiy madaniyatga kiradi.
Ana shu madaniyatni tushuntiruvchi kishilar esa, prezident ta'kidlaganidek, shifokorlar, oilaviy poliklinika xodimlaridir. Masalan, men farzand kutyapman. Xudoga shukur uyimda internet bor va u orqali turli manbaalardan foydalangan holda homilador rafiqamga ko‘rsatmalar berib turaman. Ammo interneti bo‘lmagan yoki bunday ma'lumotlarga ega bo‘lmagan boshqalar-chi? Ularga kim nimani o‘rgatib turadi? Ota-ona dersiz, ammo ichki tibbiy madaniyat bo‘lmasa, ular o‘rgatayotgan muolajalar ham qadrsiz bo‘lib qoladi.
Aytmoqchi bo‘lganimiz shuki, oilaviy poliklinikada ishlovchi bosh shifokorlar, mas'ul xodimlar uyma-uy yurib yoki umumiy yig‘ilishlar o‘tkazib, odamlarga tibbiy madaniyat haqida, salomatlik haqida o‘z vaqtida amaliy ishlar olib borishsa yaxshi bo‘lardi. Bu shunchaki uyga kelib, “yaxshimisiz, falonchi sog‘ayib qoldilarmi, qon bosimizni ko‘rib beray”, degani emas, haqiqiy, professionallarcha yondashuv bo‘lsa, barcha uchun birdek yaxshi bo‘ladi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
Mavzuga oid
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024