AQSh Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o‘z ta'sirini oshirishga kirishdi
Pentagon kelgusi besh yil davomida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida AQShning ta'sirini oshirish maqsadida deyarli 8 milliard dollarlik sarmoyalash rejasini tasdiqladi. The Wall Street Journal shu haqida xabar berdi.
Mazkur reja harbiy infratuzilma modernizatsiyasi, qo‘shimcha o‘quv mashqlarini o‘tkazish va yangi kuch hamda kemalar ko‘lamini kengaytirishni ko‘zda tutadi.
Reja dastlab senator Jon Makkeyn tomonidan kiritilgan. U o‘z takliflarini "Osiyo-Tinch okeani barqarorligi bo‘yicha tashabbus" deb nomladi. Ushbu tashabbus Kongressning boshqa a'zolari, shuningdek, mudofaa vaziri Jyeyms Mettis va Tinch okeani qo‘mondonligi rahbari Harri Harris tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
AQSh Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli akvatoriyalarga da'vogarlik qiluvchi hamda u yerdagi harbiy infratuzilmani rivojlantiruvchi XXR ta'siriga tahdid hisoblanadi. Vashingtonning fikricha, bunday xatti-harakatlar ziddiyat yuzaga kelish xavfini oshiradi hamda butun Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun tahdid tug‘dirishi mumkin.
Mavzuga oid
11:50
AQSh sudi Maskning siyosiy lotereyasini taqiqlamadi
14:35 / 04.11.2024
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
11:10 / 04.11.2024
CNN: AQSh saylovlari Putinni Kiyev bilan muloqotga undamaydi
09:30 / 04.11.2024