Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Osiyoda harbiy maqsadlar uchun qo‘shimcha 8 mlrd dollar sarflamoqchi
Pentagon AQShning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida keyingi 5 yil ichida mavjudligini oshirish uchun zarur bo‘lgan 8 mlrd dollarlik investitsiyalar bo‘yicha rejani qo‘llab-quvvatladi, deb yozmoqda Wall Street Journal nashri.
Nashrning yozishicha, AQSh mintaqadagi mavjudligini harbiy infratuzilmani modernizatsiyalash, qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish va qo‘shimcha kuch va kemalar joylashtirish bilan oshirishi mumkin va AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati hozircha Osiyoga nisbatan qanday siyosat yurgazishni tanlamoqda.
Ushbu reja dastlab "Osiyo-Tinch okeani barqarorligi tashabbusi" nomi ostidagi taklif ko‘rinishida senator Jon Makkeyn tomondan bildirilgan va amerikalik qonun chiqaruvchilar hamda AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis va AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Tinch okeani qo‘mondonligi boshlig‘i admiral Garri Xarris tomondan qo‘llab-quvvatlandi.
Taklif tarafdorlari rejani amalga oshirish mablag‘ni qanday olishlarini ma'lum qilishmagan. Tramp ma'muriyati joriy moliyaviy yilda harbiy xarajatlarga qo‘shimcha mablag‘lar so‘ragan va 2018 yilda xarajatlarni 54 mlrd dollarga oshirmoqchi.
Oxirgi oylarda Osiyoda Shimoliy Koreya tomondan o‘tkazilayotgan raketa sinovlari sababli keskinlik oshib ketdi. AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan harakatlarning harbiy tus olishini ham istisno qilmayapti, biroq Pxenyanga sanksiyalar orqali iqtisodiy bosim o‘tkazishga e'tibor qaratmoqda.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026