Jahon | 12:10 / 08.05.2017
4337
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi eng mashhur gazeta o‘quvchilari Makronga ishonchsizlik bilan qaramoqda

Foto: AFP

Fransiyaning Figaro gazetasi o‘quvchilarining yarmidan ko‘pi, mamlakat prezidenti uchun bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan Emmanuel Makron haqiqatdan ham yaxshi davlat rahbari bo‘la olmaydi, deya hisoblamoqda.

Gazeta saytida joylashtirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, so‘rovda ishtirok etgan 19,7 ming ishtirokchining 55 foizi “Makron yaxshi prezident bo‘ladi, deb hisoblaysizmi?” degan savolga “yo‘q” deya javob qaytargan. Ijobiy javobni 45 foiz respondent berdi.

So‘rovnoma ovoz berishning ilk natijalari e'lon qilinganidan ikki soat o‘tib, saytda joylashtirildi.

Yakshanba kuni Fransiya prezidenti uchun saylovlarning ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi. 34 millionta byulletenning (95 foiz) hisob-kitobi natijalariga ko‘ra, Makron 65,48 foiz ovoz to‘pladi, Le Pen esa - 34,52 foiz.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid