Jahon | 08:15 / 08.05.2017
3928
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda shaxtadagi favqulodda vaziyat tufayli 18 kishi halok bo‘ldi

Foto: WWW.NEWS.CN

Xitoyda ko‘mir shaxtasidagi favqulodda vaziyat tufayli 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, falokat Sichuan viloyati, Yusyan uyezdidagi Xuanfentsyao posyolkasida 7 may kuni yuz bergan. Shaxtada zaharli gaz sizib chiqqan. Voqea yuz bergan vaqtda yer ostida 55 konchi bo‘lgan. Qutqaruvchilar ulardan 37 nafarini sirtga olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. Ular shifoxonalarga yetkazilganlar. Konchilar zaharli gazdan zaharlanganlar.

Voqea joyida mutaxassislar ishlashmoqda, ular gazning kelib chiqishini aniqlashtirishmoqda. Politsiya voqea uchun javobgar bo‘lganlarni qo‘lga olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid