Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marin Le Pen otasi qizining saylovdagi mag‘lubiyati sababini aytdi
Fransiyaning "Milliy Front" partiyasi asoschisi va so‘nggi prezidentlik saylovi nomzodining otasi Jan-Mari Le Pen ikkinchi tur prezidentlik saylovlarida qizining g‘alaba qozonishiga xalaqit qilgan sabablarni ma'lum qildi. Reyter agentligi shu haqda yozmoqda.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, prezidentlik saylovining qizi zarariga tugashi, Marin Le Penning Yevropa valyutasi va Fransiyaning YeIga a'zoligi borasidagi qarashlari tufaylidir. Jan-Mari Le Penning fikriga ko‘ra, qizi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida demografiya hamda ommaviy migratsiya muammolariga ko‘proq e'tibor berishi kerak edi.
Bundan avvalroq, Jan-Mari Le Pen qizi Marin Le Penning omadi kelmaganida "Milliy Front" vitse-prezidenti Florian Filipponi ayblagan, uni qizining saylovlardagi mag‘lubiyati uchun "asosiy javobgarlardan biri" deb atagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya prezidentligi uchun 7 may kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi tur saylovlarda 65,82 foiz ovoz Emmanuel Makron g‘alaba qozondi. Marin Le Pen nomzodini 34,18 foiz saylovchi qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
13:13 / 10.01.2026