Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni o‘z fuqarosiga qizini Ivanka deb nomlashiga ruxsat bermadi
Saudiya Arabistoni fuqarosi Salim al Anziy yaqinda dunyoga kelgan qizini AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp sharafiga shunday nomlashni ixtiyor qildi. Biroq, u ismni ro‘yxatdan o‘tkazayotganda keskin qarshilikka duch kelgan.
Mas'ul idoralarda ma'lum qilganlaridek, qonunga binoan Saudiya fuqarosiga xorijiy ism qo‘yish mumkin emas. 2014 yilda imzolangan qarorga ko‘ra, Saudiya Arabistoni IIV yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘yilayotgan ismlar madaniy o‘ziga xosliklar va podshohlik diniy me'yorlariga mosligini muvofiqlashtiradi. Shundan kelib chiqib, agar ism kelib chiqishi xorijiy bo‘lsa, rad etiladi.
Ammo, ota ham o‘z istagidan voz kechishni istamayapti. U qizini oila davrasida Ivanka deb atashini ta'kidlamoqda. Saudiyalik otaning bunday o‘jarligi ijtimoiy tarmoqlardagi ayollarning keskin tanqidiga uchradi. Ular al Anziyni rafiqasiga hurmatsizlikda ayblashdi.
Ayni vaqtda "saudiyalik Ivanka"ga al-Anzining Arar shahrida istiqomat qiluvchi qaynonasi qaramoqda. OAVga ko‘ra, qizga rasman Luma ismini berishgan bo‘lib, arabchadan tarjima qilinganda "go‘zal labli ayol" ma'nosini anglatadi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026