Sport | 09:24 / 08.05.2017
8579
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik sportchilar ilk marta Islom hamjihatlik o‘yinlarida ishtirok etadi

12-22 may kunlari Boku shahrida IV «Islom birdamlik o‘yinlari» bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 57ta davlatdan uch mingdan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. 

Turnir olimpiada o‘yinlari kabi 4 yilda bir marotaba bo‘lib o‘tadi va u Islom mamlakatlari olimpiadasi deb ham ataladi.

Mazkur o‘yinlarning dastlabkisi 2005 yilda Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan. Oradan to‘rt yil o‘tgach II «Islom birdamlik o‘yinlari» Eronda o‘tkazilishi kerak edi, ammo Eron va arab davlatlari o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli musobaqa bekor qilingan. Hisob bo‘yicha uchinchi musobaqa 2013 yilda Indoneziyaning Pekanbaru shahrida tashkil etilgan. 

Islom hamjihatlik o‘yinlari sportning 21ta turini o‘z ichiga oladi. Bular yengil atletika, suvga sakrash, suzish, suv polosi, basketbol 3x3, futbol, badiiy va sport gimnastikasi, ushu, stol tennisi, gandbol, dzyudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, o‘q otish, tennis, voleybol, boks, zorxana, karate, taekvondo va og‘ir atletika.

O‘zbekiston ushbu turnirga 100dan ziyod sportchisini yuboradi, bu o‘zbekistonliklar turnirda birinchi marta ishtirok etishi bo‘ladi.

Ular sportning 15ta turida O‘zbekiston sharafini himoya qilishadi: yengil atletika, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi, karate, taekvondo, og‘ir atletika, boks, handbol, o‘q otish, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, tennis, para-atletika va para-dzyudo.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid