Jahon | 00:02 / 09.05.2017
7041
2 daqiqa o‘qiladi

Bill Klinton AQSh prezidenti haqida triller janridagi kitob yozmoqda

Foto: RIA

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton yozuvchi Jyeyms Patterson bilan hammualliflikda o‘zining birinchi romanini yozmoqda. Unda bosh qahramon AQSh prezidenti bo‘ladi, deb xabar bermoqda Hollywood Reporter nashri.

Romanning chop etilishi bilan shug‘ullanayotgan Alfred A. Knopf va Hachette nashriyotlarining bergan qo‘shma bayonotida aytilishicha, roman o‘zidan "fitnalar qorishmasi, xavotirli kutish va hokimiyatning eng yuqori eshelonlarida dunyo miqyosidagi sahna ortidagi drama"ni namoyon qiladi. Ta'kidlanishicha, roman syujyeti to‘liq mualliflar tomondan o‘ylab topilgan.

"Amaldagi prezident haqidagi kitob ustidagi ish, men bu ish haqida bilishim, Oq uydagi hayot, Vashington qanday ishlashi haqidagi hikoya menga katta zavq bermoqda", deb aytilgan Klinton bayonotida.

Detektiv va triller janrlaridagi asarlari bilan tanilgan yozuvchi Patterson Klinton bilan birgalikdagi ishga "Men hikoya qiluvchiman, vaziyatning prezident Klinton tomondan tushunilishi bizga haqiqatan ham qiziqarli voqeani so‘zlab berishga ijozat beradi", deb izoh bergan. 

Roman "Prezident yo‘qolib qoldi" (The President is missing) deb nomlanadi va uni 2018 yil iyunida chop etish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid