Öşa binoning peştoqiga uçta şior bitib qöyilgandi: Uruş – tinçlikdir. Erk – qullikdir. Bilimsizlik – kuçdir. Va bu şiorni hayotga tatbiq qiliş uçun noyob vazirliklar öylab topilgandi. Masalan, Haqiqat vazirligi axborotni, ta’limni, san’atni nazorat qilardi – tarixni boşqatdan yozardi. Yoki uruş qilişni yaxşi köradigan Tinçlik vazirligi, sevişga ruxsat bermaydigan Muhabbat vazirligi bor edi.

Yuqorida keltirilgan fikrlar Jorj Oruellning “1984” romanidan olindi. Bu noyob asar özbek kitobxonlariga ilk bor jasoratli jurnalist, öz söziga ega şoir va mohir tarjimon Karim Bahriyev tomonidan taqdim qilinganini e’tirof etmoq joiz, albatta.

Keça sen körgan voqea bugun rasman rad etildi. Ekranlar boşqaça gapiryapti. Rasmiy bayonotlar butunlay teskarisini aytyapti. Atrofdagilar ham sekin-asta şu haqiqatga könika boşladi. Şunda senda ikki yöl qoladi: yo öz xotirangga işonasan yoki ommaga qöşilib ketasan. “1984” sizni boşdan-oyoq ana şu tanlov örtasida qoldiradi. Bu asar insonni öldirmay turib ham uni butunlay yöq qiliş mumkinligi haqida.

Okeaniya davlatida hamma narsa nazorat ostida edi. Sizni hamişa Katta Oğa kuzatib turadi. Katta Oğa – bu odam emas, bu nazar. Muttasil insonni bezovta qiluvçi nazar. Sen uxlayapsanmi – u bor. Sen sukutdamisan – u baribir senga qarayapti. Bu yerda nazorat kamera bilan emas, his bilan işlaydi: sen kuzatilayotganingga işonasan.

Uinston Smit şu tizimning içida, Haqiqat vazirligida işlaydi. Bu vazirlik aslida eng katta yolğonlarni içida yaşiradi. Bu yerda xabarlar özgartiriladi, arxivlar qayta yoziladi, hamma narsa tahrir qilinadi. Bu vazirlik jismonan yöq qilingan insonlarni hujjatlardan ham öçirib yuboradi. Ular heç qaçon bölmaganday.

Uinston döstimiz buni tuşunadi. Natijada isyon sifatida kundalik yoza boşlaydi. Bu jinoyat edi. Fikr jinoyati degan atama ham tez-tez qöllanardi. Sen aytmagan, hatto aytolmagan fikring uçun ham jazolanasan.

Juliya ismli bir qiz Uinstonning hayotiga kirib keladi. U ham taşqi tomondan itoatkor, lekin içida isyonçi. Uning noroziligi köproq ideologiyaga emas, tuyğularning böğilişiga qaratilgandi. Bu jamiyatda seviş mumkin emasdi, his qilyapsanmi, jinoyatçisan!

Juliya xonim Uinston döstimizga juda qadim zamonlarda sevgi bölganini, hatto hozir ham mavjudligini anglatadi. Demak, hali insoniyat butunlay yöq bölib ketmagan, u tuyğulari sabab mavjud, demoqçi böladi.

Ular bir-biriga qöl tekkiziş orqali tizimni rad etadi. Çunki Okeaniyada hissiyot ham davlatning mulkiga aylangandi. Insonlar hissiyot bilan turmuş qurişi jinoyat edi. Hatto turmuş örtoğingizni ham sevolmasdingiz.

Yigit va qizning ozodligi uzoqqa bormaydi. Uinston dösti Brayyenga tuyğularini bildirib qöyadi. Biroq döstingning ham dösti bor. Jorj Oruell totalitar tizimda sen işongan odam – sening eng xavfli duşmaning bölişi mumkin, deydi.

Asarning şu nuqtasidan boşlab syujyet yöq. Faqat eksperiment va qiynoqlar, odamni qanday qilib yöq qiliş usuliga guvoh bölasiz. Insonni qanday qilib parçalab taşlaş mumkin? Qanday qilib uni öz haqiqatidan voz keçtiriş mumkin, degan savollarga javob izlaysiz.

Agar 2*2=4 desang, demak sen erkinsan. 2*2=5 ekaniga işonmaguningça bu muolajalar davom etaveradi. Şundagina sen ulardan biriga aylanasan.

Asarda bir dahşatli xona bor, u haqida gapirmoqçi emasmiz. Şunisi aniqki, öşa xona jismoniy qiynoqlardan ham qörqinçli maskan.

Siz nima deb öylaysiz, yigit qizni sotadimi? Özini yöq qilişlariga yöl qöyib beradimi? “Meni emas, uni qiynoqqa sol, u aybdor”, deydimi? Masalan, Uinstonday qat’iyatli inson bunday qilmasligi kerak harqalay.

Bir söz bilan aytganda, “1984” albatta, öqilişi şart bölgan romanlardan biri hisoblanadi. Bu noyob asar sizning olamga qaraşlaringiz, tafakkur va tasavvur dunyoingizni sezilarli darajada özgartirişi aniq.