Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va AQSh yana Gulen masalasini muhokama qildi
Foto: AP
Turkiya adliya vaziri Bakir Bo‘zdak va AQSh bosh prokurori Jyeff Seshns Vashingtonda uchrashuv o‘tkazishdi. Uning davomida muxolifatchi Fathulloh Gulenning hibsga olinishi va ekstraditsiya masalasi muhokama etildi. U 2016 yilning iyulidagi davlat to‘ntarishga urinishni tashkillashtirishda ayblanmoqda.
Anadolu agentligining xabar berishicha, turk tomoni Vashingtonga Gulen tashkilotining jinoiy faoliyati haqida yangi hujjatlarni topshirgan.
AQSh Adliya vazirligi binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuv taxminan 45 daqiqa davom etdi.
Shuningdek ta'kidlanishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShda 15-17 may kunlari tashrif bilan bo‘ladi. Amerika yetakchisi Donald Tramp bilan muzokaralardagi mavzulardan biri aynan Gulenni topshirish bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:58 / 12.04.2026
Uganda qurolli kuchlari rahbari Turkiyadan bir milliard dollar va “eng go‘zal ayol”ni berishini talab qildi
21:34 / 12.04.2026
Turkiya prokuraturasi Isroil hukumati rahbarlariga nisbatan 4596 yilgacha qamoq jazosi berilishini so‘radi
23:40 / 11.04.2026
AQSh-Eron muzokaralari “boshi berk ko‘cha”ga kirib qoldi - OAV
12:48 / 11.04.2026