Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada gvardiyachilar qo‘llagan gazdan bolalar va qariyalar jabr ko‘rdi
8 may kuni Venesuela milliy gvardiyasi Marakaybo shahrida namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gazni qo‘llagan vaqtda maktablar, uylar va shifoxonalar ham gaz ta'siriga uchradi.
Ma'lum qilinishicha, shunday holatlardan birida gaz qo‘llangandan keyin aksilhukumat namoyishi ishtirokchilari bolalar va keksalar uchun mo‘ljallangan "Mening uyim" priyuti ichiga berkinib olishga urinishgan. Gvardiyachilar esa priyut binosiga kiraverishni gazli granatalar bilan o‘qqa tutishgan. Natijada gazdan priyutdagi ko‘plab bolalar va keksalar jabr ko‘rgan.
ABC telekanalining ma'lum qilishicha, ko‘ngillilar va qutqaruvchilar binolardan odamlarni shoshilinch evakuatsiya qilishlariga to‘g‘ri kelgan. Bolalar qo‘llarda, kasallar va qariyalar aravachalarda olib chiqilganlar.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, 8 mayda Karakasda o‘tgan namoyishlarda kamida 116 kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026